O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerak

O‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerak

O‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev mamlakatning 2026-yil birinchi yarim yilligidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Prezidentning aytishicha, yaqin o‘n yil ichida energetika tarmog‘ini yangilash uchun qariyb 8 milliard dollar investitsiya jalb etilishi zarur. Qo‘shimcha xarajatlarning asosiy sabablaridan biri elektr energiyasi va tabiiy gazdagi yuqori yo‘qotishlar bo‘lib qolmoqda.

Joriy yilning dastlabki olti oyida elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar 17,2 foizga yetib, 4,8 milliard kVt·soatni tashkil etdi. Tabiiy gaz yo‘qotishlari esa 7,6 foiz yoki 797 million kub metrni tashkil qilgan.

Davlat rahbari yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar kutilgan natijani bermayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu yo‘nalishda samaradorlikni oshirish energetika sohasining daromadlarini sezilarli ko‘paytirishi mumkin.

Mirziyoyev hududiy gaz tarmoqlari korxonalarida mehnat unumdorligi ham pastligicha qolayotganiga e’tibor qaratdi. Prezidentning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich qo‘shni davlatlarga nisbatan 1,5–2 baravar past bo‘lib, boshqaruv samaradorligini oshirish va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishni jadallashtirishni talab etadi.