Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Nyu York maktablarida o‘quvchilar uchun SIdan foydalanish taqiqlandi

Nyu York maktablarida o‘quvchilar uchun SIdan foydalanish taqiqlandi

Nyu York davlat maktablarida 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun sun’iy intellektdan foydalanish vaqtincha taqiqlandi. Cheklov 600 mingga yaqin o‘quvchini qamrab oladi.

SI dasturlariga cheklov va o‘quvchilar qamrovi

AQSHning Nyu York shahri davlat maktablarida boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilarining sun’iy intellekt (SI) vositalaridan foydalanishi vaqtincha taqiqlandi. Bir yillik cheklov 8-sinfgacha bo‘lgan 600 mingga yaqin o‘quvchiga taalluqli bo‘lib, AQSHdagi eng yirik va keng qamrovli taqiqqa aylandi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, dars jarayonlarida qo‘llanilayotgan 40 ga yaqin ta’limiy SI dasturlari faoliyati to‘xtatiladi, muloqot uchun mo‘ljallangan barcha chat-botlar esa barcha sinflar uchun birdek taqiqlanadi. Yuqori sinf o‘quvchilariga bu taqiq to‘liq tatbiq etilmaydi — ular uchun yilda ikki marta SI savodxonligi darslari o‘tiladi va o‘qituvchi nazorati ostida tajriba loyihalari o‘tkaziladi. O‘qituvchilarning o‘zlari esa dars rejasini tuzishda SIdan foydalanishda davom etishlari mumkin.

Ekran vaqti va merning munosabati

Nyu York meri Zohran Mamdani qarorni ta’limda insoniy muloqotning o‘rni muhimligi bilan izohladi:

«Bolalar bilim olishi va o‘sishi uchun o‘qituvchilarga hamda inson bilan muloqotga muhtoj. Ular tengdoshlari bilan birga ko‘nikmalarni rivojlantirishi, ustozlar bilan munosabat o‘rnatishi va qiyin masalalarni mustaqil hal qilishi kerak», — dedi shahar meri.

Cheklovlar doirasida o‘quvchilarning ekran qarshisida o‘tirish vaqti ham me’yorlashtiriladi: 3–5-sinflar uchun kuniga maksimum 30 daqiqa, 6–8-sinflar uchun esa 45 daqiqa etib belgilandi. Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHning kamida 37 ta shtatida maktablar uchun SI bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsada, mamlakat bo‘ylab yagona standart hali ishlab chiqilmagan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish