Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Neymar Norvegiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Braziliya terma jamoasidan ketdi

Neymar Norvegiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Braziliya terma jamoasidan ketdi

Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Neymar xalqaro faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Ushbu qaror besh karra jahon chempionlarining JCH-2026 1/8 finalida Norvegiyadan uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng qabul qilindi.

“Men harakat qildim, juda harakat qildim. Endi hammasi tugadi. Shu yerda boshlagan edim, shu yerda yakunladim”, — deya Neymarning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Ge nashri.

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan joriy mundialga futbolchi boldir mushaklaridagi jarohat bilan kelgan edi va shu sababli guruh bosqichidagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborib, bor-yo‘g‘i ikkita bahsda maydonga tushdi. Norvegiyaga qarshi kechgan so‘nggi uchrashuvda u penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Bu gol Neymar uchun 2023-yil oktabr oyidan buyon mamlakat bosh jamoasi safidagi birinchisi bo‘ldi va u afsonaviy Peledan keyin to‘rtta Jahon chempionatida gol urgan ikkinchi braziliyalik sifatida tarixga kirdi. Neymar Braziliya libosida jami 130 ta o‘yinda maydonga tushib, 80 ta gol bilan mutloq rekordchi sifatida ketmoqda. Hozirda u klub miqyosida vatanining “Santos” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish