So‘nggi:
Moskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradiDunyoO‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildiJamiyatRossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyat

Moskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradi

Moskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradi

18-iyunga o‘tar kechasi Moskva va uning atrofidagi hududlarga Ukrainaning 200 ga yaqin droni hujum qildi. 17 kishi jarohatlandi, Moskva neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi.

18-iyunga o‘tar kechasi Moskva shahri va Moskva viloyati so‘nggi ikki yil ichida Ukrainaning eng ommaviy uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) hujumiga duchor bo‘ldi. Moskva meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, Rossiya poytaxtiga qariyb 200 ta dron yopirilgan. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Moskvaning barcha to‘rtta aeroporti — Vnukovo, Domodedovo, Jukovskiy va Sheremetyevo havo hududlari vaqtincha yopildi. Hujum oqibatida Moskva viloyatida 17 kishi, jumladan ikki nafar bola tan jarohati oldi.

Hujumning asosiy nishoni Moskva neftni qayta ishlash zavodi (MNPZ) bo‘ldi. Sobyaninga ko‘ra, bir nechta dron zavod hududigacha yetib borishga muvaffaq bo‘lgan va oqibatda u yerda yong‘in boshlangan. Reuters agentligining aniqlik kiritishicha, ushbu zavod 16-iyunga o‘tar kechasi ham zarbaga uchrab, o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi. Shuningdek, dron parchalari «Sadovod» savdo markazi hududiga ham tushgan va binolardan biriga zarar yetkazgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, payshanbaga o‘tar kechasi mamlakatning jami 17 ta hududi hujumga uchragan va osmonda 555 ta dron urib tushirilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskvaga qilingan ushbu hujumni Rossiyaning Ukraina shaharlariga berayotgan zarbalariga nisbatan «adoliyatli javob» deb atadi. U bir hafta ichida Moskva neftni qayta ishlash zavodiga ikkinchi marta muvaffaqiyatli zarba berilganini hamda Rostov viloyatidagi ob’yektlar ham nishonga olinganini ta’kidladi. Keyinchalik Zelenskiy jurnalistlarga bergan intervyusida ushbu hujumlar Rossiyaning Kiyev-Pechersk lavrasiga bergan zarbasiga javob bo‘lganini aytib, «Agar Ukraina yonsa, Moskva ham yonadi, biz jim o‘tirmaymiz», — deya qo‘shimcha qildi.