O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Mirzo Ulug‘bek tumanida YPX xodimi mototsikldagi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida YPX xodimi mototsikldagi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida uchta YPX mototsikli va Onix ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. Hodisa oqibatida bir nafar inspektor voqea joyida vafot etdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati kortej haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi.

16-iyul kuni soat 18:30 larda poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. «Do‘rmon yo‘li» ko‘chasi bo‘ylab uch nafar YPX inspektori patrullik mototsikllarida harakatlanib ketayotgan vaqtda, «G‘azalkent» ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan «Onix» rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy bayonot berdi.

To‘qnashuv natijasida patrullik mototsiklini boshqarib borgan bir nafar YPX xodimi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi. YTHda tan jarohati olgan boshqa ishtirokchilarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, rasmiy idora ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ushbu avariya kortej kuzatuvi vaqtida yuz bergani haqidagi gap-so‘zlarni rad etib, tarmoq faollaridan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va asoslantirilmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi. Hozirda mazkur fojiali holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.