So‘nggi:
AQSh Senati Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladiDunyoToshkentda shifoxona xodimi bemor ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldiJamiyatFarg‘ona viloyatining ikki qishlog‘i teng qiymatli yerlar evaziga Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdiSportO‘zbekistondagi Rossiya fuqarolari konsullikka bormasdan “Gosuslugi” orqali hujjat rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladiJamiyat1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladiJamiyatO‘zbekiston un eksporti bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat organlari xodimlarini sotib olganlik uchun javobgarlik keskinlashtirildiJamiyatSoliq qo‘mitasi aholining banklardagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot olmoqchiJamiyatJanubiy Koreya sobiq adliya vaziri harbiy to‘ntarishga ko‘maklashgani uchun 25 yilga qamaldiDunyo

Mirziyoyev va Toqayev Turkistondagi yangi masjidni borib ko‘rishdi

Mirziyoyev va Toqayev Turkistondagi yangi masjidni borib ko‘rishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Turkistonda o‘zbek ustalari tomonidan barpo etilgan 5 ming kishilik yangi muhtasham masjid majmuasini hamkorlikda ziyorat qilishdi.

Ushbu diniy-madaniy ob’yekt o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan barpo etilgan bo‘lib, Qozog‘iston xalqiga o‘zaro qardoshlik va do‘stlik ramzi sifatida tuhfa qilindi. Ziyorat davomida davlatlar rahbarlari muqaddas Qur’on oyatlarini tinglab, ikki mamlakatning tinchligi, taraqqiyoti va ravnaqi tilab birgalikda duo qilishdi.

Sharqona me’morchilik andozalari asosida qurilgan ushbu ulkan majmuaning umumiy maydoni 7 gektardan ziyod bo‘lib, uning katta qismida favvoralar va yashil xiyobonlar barpo etilgan, shuningdek, keng avtoturargoh tashkil qilingan. Masjidning an’anaviy ayvonlar bilan bezatilgan uch qavatli bosh binosi bir vaqtning o‘zida 5 ming namozxonni bag‘riga sig‘dira oladi. Binoning to‘rt burchagida qad ko‘targan va har birining balandligi 70 metrni tashkil etuvchi mahobatli minoralar masjidga alohida ko‘rk bag‘ishlab turibdi, xonalarning ichki qismi va gumbaz osti hududlari esa milliy naqshlar hamda arab xattotlik san’ati namunalari bilan nafis bezatilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Turkistonga tashrif buyurgan bo‘lib, ushbu safar doirasida oliy darajadagi uchrashuvlar ham o‘tkazilmoqda. Madaniy dasturlardan tashqari, mazkur norasmiy sammit mintaqa uchun muhim iqtisodiy va texnologik ahamiyatga ega bo‘lib, unda turkiy davlatlar makonida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda sun’iy intellekt tizimlarini birgalikda joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.