O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Mirziyoyev va Putin O‘zbekistondagi AES qurilishiga start berdi

Mirziyoyev va Putin O‘zbekistondagi AES qurilishiga start berdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining (AES) birinchi energiya blokini qurish ishlariga rasman start berdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tantanali marosimda teleko‘prik orqali Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi ham ishtirok etgan. Shavkat Mirziyoyev loyihani shaxsan qo‘llab-quvvatlagani uchun Rossiya rahbari va XAEA rahbariga minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat mutaxassislarining yuqori professionalligini alohida e’tirof etdi.

Loyiha kichik modulli atom generatsiyasi hamda yirik hajmli energetika sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, u mamlakatning texnologik, industrial va ilmiy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari stansiyani qurish va uni ekspluatatsiyaga tayyorlash ishlari eng zamonaviy xalqaro standartlar hamda ilg‘or muhandislik yechimlari asosida, XAEAning doimiy nazorati ostida bajarilishini, xavfsizlik esa loyihaning mutlaq va soʻzsiz sharti ekanini alohida qayd etdi.

Loyiha haqida muhim faktlar:

  • Litsenziya berildi: 4-iyun kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda RITM-200N yadroviy qurilmali AES energoblokini barpo etish bo‘yicha rasmiy litsenziya taqdim etildi. Qo‘mita qurilish jarayonlari va aholi xavfsizligi ustidan doimiy davlat nazoratini olib boradi.

  • Loyiha qiymati va manzili: “Oʻzatom” agentligi direktorining ma’lum qilishicha, Jizzax viloyatida qurilayotgan ushbu atom elektr stansiyasining bazaviy qiymati 9,5 milliard dollarni tashkil etadi.

Mazkur ulkan loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish