O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladiSiyosatO‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyatToshkentda raqamsiz Malibu YHXBBdan qochishga urindiJamiyatSamarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning orbitadan olingan ilk suratlarini uzatdiJamiyatBektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishiIqtisodiyotO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati pasayadiJamiyatDollar kursi 5 kunlik pasayishdan so‘ng qayta ko‘tarildiIqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziyaga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziyaga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan Tbilisiga jo‘nab ketdi. Oliy darajadagi uchrashuvda salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanadi.

Avval xabar qilinganidek, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi. Oʻzbekiston – Gruziya doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻladi. Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashadi.

Sammit yakunlari boʻyicha hamkorlikning turli yoʻnalishlarini qamrab oladigan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini imzolash rejalashtirilgan. Tashrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham koʻzda tutilgan.

Ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil 19-avgust kuni oʻrnatilgan. Shundan buyon ikki tomonlama siyosiy muloqot izchil rivojlanib kelmoqda. 1995-yil sentyabrida oʻzaro munosabatlarning asosiy huquqiy hujjati hisoblangan Doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.

2025-yil 5-mart kuni Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgandi. Prezident bilan uchrashuvda savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqilgandi.

Ikki mamlakat oʻrtasida erkin savdo rejimi amal qiladi. Bu esa tovar ayirboshlash hajmining muttasil oʻsishiga xizmat qilmoqda. Soʻnggi 5 yil ichida tovar ayirboshlash hajmi ikki yarim baravarga oshdi, qoʻshma korxonalar soni va yuk aylanmasi koʻpaydi. Mamlakatda gruziyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda.