Navoiyda mahkum xonadoshini ozodlikka chiqarish va’dasi bilan 15 ming dollar undirmoqchi bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun 15 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladiSiyosatO‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyatToshkentda raqamsiz Malibu YHXBBdan qochishga urindiJamiyatSamarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi Samarqandning orbitadan olingan ilk suratlarini uzatdiJamiyatBektemir City loyihasining qamrovi va moliyalashtirilishiIqtisodiyot

Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch nafar o‘zbekistonlikning jazosi ozodlikdan mahrum etish muddatiga almashtirildi

Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch nafar o‘zbekistonlikning jazosi ozodlikdan mahrum etish muddatiga almashtirildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Malayziyada giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan qo‘lga tushib, o‘lim jazosiga hukm qilingan uch nafar hamyurtimizning taqdiri yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Mazkur jinoiy holat 2010-yilning sentyabr oyida Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan edi. O‘sha paytda mamlakatimiz fuqarolari N.S., N.D. va J.J. 12 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasini olib o‘tishga urinayotganda ushlangan va keyinchalik Malayziya sudi tomonidan ularga nisbatan o‘lim jazosi tayinlangan.

Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan 2013, 2014, 2016 va 2020-yillarda ushbu mamlakat TIV, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi hamda Qiroli nomiga afv etish to‘g‘risida bir necha bor rasmiy murojaatlar kiritilgan. 2018-yilda Malayziyada o‘lim jazosiga moratoriy e’lon qilinishi va 2024-yil 18-martda kuchga kirgan jazolarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qonun vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirdi.

Malayziya Oliy sudi yangi qonun asosida uch nafar o‘zbekistonlikka chiqarilgan o‘lim jazosini 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirdi. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, mahkumlarning yaxshi xulq-atvori va jazoni ijro etish tartibiga rioya qilgani uchun beriladigan imtiyozlar inobatga olinsa, ushbu fuqarolarning jazo muddati 2030-yilda yakunlanishi kutilmoqda. Hozirda ular Selangor shtatidagi Kajang qamoqxonasida saqlanmoqda va elchixona tomonidan ularga muntazam konsullik-huquqiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda.