Toshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyatNepaldagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — elchixonaJamiyat

Mahalla raislariga ijtimoiy ob’ektlar qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladi

Mahalla raislariga ijtimoiy ob’ektlar qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda mahalla raislariga xususiy bog‘cha, maktab va klinikalar qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish huquqi berilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, mahallalarga 240 mlrd so‘m grant ajratiladi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan va «mahalla yettiligi» faoliyatini isloh qilishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. Yangi tartib investitsiyalarni jalb qilishni tezlashtirish va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, joylarda ijtimoiy infratuzilmani qulayroq rivojlantirish imkonini beradi.

Yig‘ilishda «Yangi Quva» mahallasi misol qilib keltirildi. Ushbu mahallada o‘z bog‘chasi yo‘qligi sababli 50 nafar bola qo‘shni mahalladagi muassasaga qatnashga majbur, holbuki hududda 70 sotix bo‘sh yer maydoni mavjud. Endilikda raislar bunday muammolarni auksionlar orqali tezkor hal eta oladilar. Davlat rahbari joriy yilda infratuzilmani yaxshilash uchun tumanlarga o‘rtacha 250 mlrd so‘mdan, mahallalarga esa 5,5 mlrd so‘mdan mablag‘ berilganini eslatdi. Vakolatlar kengaygach, joylarda qoladigan qo‘shimcha daromadlar hajmi ikki baravarga oshgan bo‘lsa-da, ayrim rahbarlarda mas’uliyat va tashabbuskorlik yetishmayotgani tanqid qilindi.

Faoliyatda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli yil boshidan buyon 152 nafar mahalla rahbari lavozimidan ozod etildi, yana 700 nafariga intizomiy jazo choralari ko‘rildi. Mahalladagi muammolarni tizimli hal etish, tozalikni saqlash va aholi daromadlarini oshirish loyihalari uchun «mahalla yettiligi»ga 10 million so‘mdan grantlar ajratiladi va ushbu maqsadlarga jami 240 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Mahallalar faoliyatini uslubiy qo‘llab-quvvatlash va mutaxassislarni o‘qitish uchun esa Milliy mahalla taraqqiyoti instituti tashkil etiladi.