So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

Londondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdi

Londondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdi

Londonning nufuzli mehmonxonasida Saudiya Arabistoni qirolining qarindoshi o‘lik holda topildi. Sud-tibbiylik ekspertizasi 29 yoshli shahzodaning o‘limiga alkogol va giyohvand moddalar aralashmasi sabab bo‘lganini tasdiqladi.

Londonning nufuzli Kensington tumanida joylashgan elita mehmonxonalaridan birida Saudiya Arabistoni hukumron sulolasining 29 yoshli vakili, amaldagi qirolning uzoq qarindoshi vafot etdi. Ushbu hodisa tafsilotlari haqida Britaniyaning The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Qirollik oilasi a’zosining murdasini xona yuvinish joyidan xizmatchi (farrosh) topib olgan va zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Olib borilgan toksikologik va sud-tibbiylik ekspertizasi natijalariga ko‘ra, marhumda hech qanday surunkali xastaliklar aniqlanmagan.

Uning o‘limiga spirtli ichimlik hamda giyohvandlik vositalarining birgalikdagi og‘ir ta’siri oqibatida yuzaga kelgan to‘satdan yurak to‘xtashi sabab bo‘lgan. Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, shahzoda ushbu fojia sodir bo‘lishidan bir necha oy ilgari Londonning xususiy klinikalaridan birida zararli odatlardan davolanish kursini o‘tagan edi.