Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirildiJamiyatQashqadaryoda suv tashqini oqibatida bir kishi halok bo‘ldiJamiyatToshkentda 1-noyabrdan issiq suv va isitish xizmati tariflarini 30 foizga oshirish taklif etildiJamiyatKuryerlik jo‘natmalari bojxona yig‘imi 20 foizga arzonlashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi hamda gaz va svetga imtiyozlar kengaytiriladiJamiyatToshkentda 62 ta turizm va sayr ko‘chalarini tashkil etish loyihalariga 22 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladiJamiyatToshkentda harbiy ro‘yxatda turmagan 17–18 yoshli yigitlarni qidirish boshlanadiJamiyatTermizda 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Cobalt ustunga urildi: bir o‘quvchi halok bo‘ldiJamiyatSobiq bosh imom-xatib Odilxon Ismoilov sud zalidan ozod qilindiJamiyatDoniyor Qodirov Sirdaryo viloyatiga rahbar bo‘ldiSiyosat

Kuryerlik jo‘natmalari bojxona yig‘imi 20 foizga arzonlashtiriladi

Kuryerlik jo‘natmalari bojxona yig‘imi 20 foizga arzonlashtiriladi

Prezident qarori bilan kuryerlik jo‘natmalari bojxona yig‘imi 20 foizga arzonlashtiriladi, logistika markazlariga esa 2040-yilgacha soliq va bojxona imtiyozlari beriladi.

Yig‘imlar pasayishi va sohadagi strategik maqsadlar

Prezident «Transport-logistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabrdan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun amaldagi bojxona yig‘imi stavkasi 20 foizga pasaytiriladi.

Qaror bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Xususan, logistika xizmatlari eksportini 3,5 mlrd dollarga, tranzit yuk hajmini 18,5 mln tonnaga, logistika markazlari quvvatini esa kamida 40 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Chegara punktlari o‘tkazuvchanligi 2 barobarga oshiriladi, quruq portlar soni 30 taga yetkaziladi. Xonobod shahri, Olot, Termiz, Yangiyo‘l va Ohangaron tumanlari logistikaga ixtisoslashtiriladi.

Soliq va bojxona imtiyozlari

Transport-logistika markazlari 2040-yilga qadar yer va mol-mulk soliqlaridan to‘liq ozod etiladi. Imtiyozdan foydalanish uchun markazlar ESKATO kelishuviga kirishi, TOS va WMS boshqaruv tizimlarini joriy etishi hamda «E-logistika» platformasida «BB»dan past bo‘lmagan reytingga ega bo‘lishi lozim.

Shuningdek, tegishli reyestrga kiritilgan markazlar 2029-yil 1-avgustgacha mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan ombor uskunalarini olib kirishda bojxona bojlari va majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinadi. M2, M3 va N kategoriyasidagi transport vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun esa 2027-yil yakuniga qadar butlovchi qismlar importiga bojxona boji qo‘llanilmaydi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish

Email chop etilmaydi. Ism majburiy.