So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

JSST “Hondius” kemasidagi xavfli hantavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi

JSST “Hondius” kemasidagi xavfli hantavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari “Hondius” kruiz kemasida tarqalgan hantavirus infeksiyasi butunlay bartaraf etilganini ma’lum qildi. “Andes” virusi oqibatida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan edi.

Tashkilot rahbariyatining bildirishicha, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan eng so‘nggi yo‘lovchi ham majburiy karantin muddatini to‘liq o‘tab bo‘lgan. Uning hantavirusga topshirgan laboratoriya testi salbiy natija ko‘rsatgach, fuqaroga uyiga qaytishga ruxsat berildi. Joriy yilning 25-mayidan buyon kemadagi holat bo‘yicha yangi kasallanish holatlari qayd etilmadi.

Ushbu xavfli epidemiya 2026-yilning aprel-may oylarida, “Hondius” sayohat kemasining Atlantika okeani bo‘ylab kruizga chiqqan vaqtida boshlangan edi. Kema Argentina portidan yo‘lga chiqqanidan 10 kun o‘tib, 11-aprelda bortdagi Niderlandiya fuqarosi vafot etgan, keyinchalik uning turmush o‘rtog‘i va yana bir germaniyalik sayyoh ham infeksiya qurboniga aylangan. Sayohat boshida bortda 20 dan ortiq davlatdan kelgan jami 175 yo‘lovchi bo‘lgan. Aprel oyi oxirida kemadan qirg‘oqqa tushgan 34 kishining ba’zilarida virus aniqlangan, qolganlar esa Tenerife oroliga yetib kelgach, karantin o‘tash uchun o‘z mamlakatlariga evakuatsiya qilingan edi.

Tibbiyot mutaxassislarining ta’kidlashicha, ushbu epidemiya odamdan odamga yaqin muloqot orqali yuqadigan yagona shtamm — “Andes” virusi tufayli kelib chiqqan. Kasallik tarqalishi oqibatida jami 13 kishi virusni yuqtirgan, ulardan 3 nafari hayotdan ko‘z yumdi.