O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Jizzax viloyatida qaynona va ovsinlar kelinni shafqatsiz qiynagani aytilmoqda

Jizzax viloyatida qaynona va ovsinlar kelinni shafqatsiz qiynagani aytilmoqda

«Nemolchi.uz» loyihasi qaynona va ovsinlar kelinni shafqatsiz qiynagani haqida xabar berdi. Qaynona va qayinnsingillar ayolni qamab qo‘yib, qiynashgan va ustidan qaynoq suv quyishgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Nemolchi.uz» loyihasi Jizzax viloyatida yosh ayolga nisbatan sodir etilgan shafqatsiz zoravonlik holati haqida xabar berdi. Jabrlanuvchining otasining so‘zlariga ko‘ra, uning qizi bir necha oy davomida qaynonasi va qayinnsingillari tomonidan muntazam qiynoqqa solingan hamda og‘ir jarohatlar va kuydirish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Er-xotin 2025-yilning oktyabr oyida turmush qurishgan va ularning qiz farzandi dunyoga kelgan. 2026-yilning may oyida er qamoqqa olingach, qarindoshlar bilan nizo yanada keskinlashgan. Kelin uchrashuv vaqtida eriga qaynonasi va qayinnsingillari uning hujjatlarini tortib olgani hamda tilla buyumlarni muddatli to‘lovga olib, lombardga topshirganini aytib bergan.

Otasining ta’kidlashicha, 6-iyul kuni erining qarindoshlari ijara xonadon olib, ayolni u yerga qamab qo‘yishgan va muntazam ravishda dopposlashgan. Ayolga kuniga bir burda non berilib, hojatxona suvi va suvarak dorisini iste’mol qilishga majburlangan. Jarayonlar videoga olinib, tahdidlar qilingan.

Eng og‘ir voqea 29-avgust kuni sodir bo‘lgan: qayinnsingillaridan biri ayolning ustidan tuz va soda aralashtirilgan qaynoq suv quygan, so‘ngra besh oylik qizidan voz kechishni talab qilgan.

Jabrlanuvchi 6-sentyabr kuni uchinchi qavatdagi balkon orqali yong‘in zinasidan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Yo‘lovchilar yordamida taksi chaqirib, otasiga qo‘ng‘iroq qilgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud-tibbiylik ekspertizasi ayol kasalxonadan chiqqach o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish