Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi og‘ir YTHga uchradi: u reanimatsiyada

Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi og‘ir YTHga uchradi: u reanimatsiyada

Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpulov va uning voyaga yetmagan o‘g‘li xizmat Kia Seltos mashinasida YTHga uchradi. Tuman hokimi reanimatsiyada, ahvoli og‘ir.

Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov hamda uning voyaga yetmagan o‘g‘li og‘ir yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ular bo‘lgan Kia Seltos rusumli xizmat avtomobili yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Hodisa 30-avgust kuni sodir bo‘lgan. Hozirda to‘qnashuv tafsilotlari hamda avariya vaqtida rulda kim bo‘lganiga aniqlik kiritilmoqda.

Jabrlanganlarning ahvoli

Har ikki fuqaro zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga yotqizilgan.

  • Hokimning ahvoli: Shifokorlar G‘ayratjon Eshpo‘latovning ahvolini og‘ir deb baholamoqda, u jonlantirish (reanimatsiya) bo‘limida qolmoqda. Bemorga o‘ng com suyagi hamda chap boldir suyagining sinishi tashxisi qo‘yilgan.

  • O‘g‘lining ahvoli: Hokimning voyaga yetmagan o‘g‘lining ahvoli qoniqarli, unda oyoq sinishi jarohati qayd etilgan.

G‘ayratjon Eshpo‘latov 2024-yilning mart oyidan buyon Zafarobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelmoqda. Bunga qadar u Paxtakor tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish