Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

JCH-2026 1/8 final bosqichining barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi

JCH-2026 1/8 final bosqichining barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi

Jahon chempionati 1/16 finalining so‘nggi bahsida Kolumbiya Ganani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shu tariqa, mundialning 1/8 finalida to‘p suradigan barcha juftliklar nomi aniq bo‘ldi.

Futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda Kolumbiya terma jamoasi Gana ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuv yakunlanishi bilan turnirning 1/8 final (nimchorak final) bosqichida o‘zaro to‘qnash keladigan barcha terma jamoalar ro‘yxati to‘liq shakllandi. Nimchorak finalning ochilish o‘yinida Kanada terma jamoasi Marokashga qarshi bahs olib borsa, Germaniyani turnirdan chiqarib yuborib shov-shuv ko‘targan Paragvay jamoasi Fransiya bilan kuch sinashadi.

JCH–2026. 1/8 final bosqichi juftliklari:

  • Kanada — Marokash

  • Paragvay — Fransiya

  • Braziliya — Norvegiya

  • Meksika — Angliya

  • Portugaliya — Ispaniya

  • AQSH — Belgiya

  • Argentina — Misr

  • Shveysariya — Kolumbiya

Mundialning 1/8 final bosqich uchrashuvlari 4-iyuldan 7-iyulgacha bo‘lgan kunlar oralig‘ida o‘tkaziladi. Joriy yilgi Jahon chempionati g‘olibi esa 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan bosh final bahsida aniqlanadi. Eslatib o‘tamiz, amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Argentinaliklar 2022-yilda Qatarda o‘tgan JCH finalida Fransiyani penaltilar seriyasida 4:2 (asosiy vaqtda 3:3) hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish