O‘zbekistonda 8,9 mingdan ortiq hokim yordamchisi qayta baholashdan o‘tkaziladiJamiyatMarkaziy Osiyo mamlakatlari va Tailand: Kimga bezviz tegdi?JamiyatRossiya aeroportlaridagi cheklovlar sabab Uzbekistan Airways samolyoti Toshkentga qaytdiJamiyatTailand vizasini olish uchun O‘zbekiston fuqarolari Moskvaga borishiga to‘g‘ri keladiJamiyatToshkentda xalqaro yarim marafon sababli 12 ta markaziy ko‘chada harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ommaviy biznes ro‘yxatdan o‘tkaziladiIqtisodiyotO‘zbekistonda ob-havo o‘zgarib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi va harorat pasayadiJamiyatO‘zbekistondan deklaratsiyasiz olib chiqiladigan naqd valyuta cheklovi 10 ming dollargacha oshiriladiJamiyatO‘zbekistonda Islom Karimov vafotining 10 yilligi munosabati bilan xotira marosimlari o‘tkazildiSiyosatTailand O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz rejimni 15-julyadan emas, 15-sentabrdan bekor qiladiJamiyat

Javohir Sindorov AQSHdagi Naroditskiy xotira turnirida chempion bo‘ldi

Javohir Sindorov AQSHdagi Naroditskiy xotira turnirida chempion bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov AQSHda ilk bor tashkil etilgan Daniel Naroditskiy xotira turnirining rapid yo‘nalishida g‘olib chiqdi va FIDE onlayn reytingida 7-o‘ringa ko‘tarildi.

Etti turdan iborat qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra, hamyurtimiz 6 ochko jamg‘arib, hindistonlik grossmeyster Aravind Chitambaram bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib oldi. Musobaqa g‘olibi blits tay-breyk bahslarida aniqlandi: unda mahoratini ko‘rsatgan Sindorov raqibini har ikkala partiyada ham mag‘lub etib, 2:0 hisobida mutloq zafar quchdi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga Javohir FIDE rapid onlayn reytingida dunyo bo‘yicha 7-o‘ringa ko‘tarildi.

Turnir davomida Javohir Sindorov Shelev Oberoi, Niko Chasin, Mark Hayman, Robert Hess, Dariush Sverch, Oydin Sulaymonli hamda g‘oliblik uchun asosiy da’vogar Aravind Chitambaramni taslim etdi. Shaxmatchimiz musobaqadagi yagona mag‘lubiyatini amerikalik Endi Vudvordga qarshi o‘yinda qabul qilib oldi.

G‘alabadan so‘ng Sindorov marhum Daniel Naroditskiy shaxmat olamidagi eng samimiy va ko‘ngli ochiq insonlardan biri bo‘lganini, u bilan internetda va shaxsan 1000 dan ortiq partiyalar o‘ynaganini eslab o‘tdi. Mazkur xotira turniri doirasidagi blits o‘yinlari 4-iyul kuni davom ettiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, Daniel Naroditskiy dunyoning eng kuchli tezkor shaxmat ustalaridan biri bo‘lib, uzoq yillar davomida jahon reytingining top-25 taligida mustahkam o‘rin egallab kelgan. U o‘smirlar o‘rtasidagi JCH-2007, AQSH yoshlar chempionati (2013) va AQSH blits chempionati (2025) g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek, YouTube va Twitch platformalaridagi shaxmat darslari va tahlillari orqali millionlab muxlislar orttirgan mashhur strimer 2025-yil 19-oktabrda sarkoidoz kasalligi asoratlari sababli 29 yoshida olamdan o‘tgan edi.