O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Seul sudi Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi Kim Gon Xini qimmatbaho sovg‘alar va Dior sumkasini pora tariqasida olganlikda aybladi. Sobiq prezidentning o‘ziga esa o‘lim jazosi so‘ralmoqda.

Sud hakamining bayonotiga ko‘ra, sobiq davlat rahbarining rafiqasi o‘z mavqeyidan foydalangan holda yuqori lavozimlarni olib berish va tadbirkorlik sub’ektlariga yordam ko‘rsatish evaziga juda yirik miqdorda qimmatbaho buyumlarni pora sifatida qabul qilgan.

Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, sobiq birinchi xonim hech qanday ikkilanishsiz dunyoga mashhur brendlarning zargarlik buyumlari va qimmatbaho aksessuarlarini olgan. Ular orasida Van Cleef & Arpels marjoni, Tiffany broshi, Graff ziraklari, oltin toshbaqa haykalchasi, Dior brendiga tegishli sumka, qiymati qariyb 25 350 dollarlik Vacheron Constantin qo‘l soati hamda 140 million vonlik san’at asari (kartina) borligi aniqlangan. Sudya ushbu jinoiy harakatlar davlat organlaridagi tayinlovlarning adolatliligiga bo‘lgan xalq ishonchini butunlay yo‘qqa chiqarganini ta’kidladi.

Tergov hujjatlariga ko‘ra, porani aniq maqsadlarni ko‘zlagan shaxslar taqdim etgan. Xususan, ular orasida kuyovi uchun davlat idorasidan yuqori lavozim undirmoqchi bo‘lgan qurilish kompaniyasi rahbari, amaldorlar bilan aloqa o‘rnatishni ko‘zlagan ruhoniy, xususiy universitet sobiq rahbari hamda prezident xavfsizlik xizmatiga robot-itlar yetkazib berish shartnomasini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan tadbirkor bor. Sud qarori bilan Kim Gon Xiga 7 yillik qamoqdan tashqari 42 ming dollar miqdorida jarima solindi va ashyoviy dalillar musodara qilinadigan bo‘ldi.

Sobiq birinchi xonim o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda, uning advokatlari esa sudni dalillarni bo‘rttirib ko‘rsatishda ayblab, apellyatsiya shikoyati berishlarini ma’lum qildi. E’tiborlisi, Kim Gon Xi aksiyalar narxini manipulyatsiya qilgani uchun aprel oyida ham 4 yilga qamalgan edi va hozirda hibsda saqlanmoqda.

Uning turmush o‘rtog‘i, 2025-yilda harbiy holat e’lon qilishi muvaffaqiyatsiz tugagach lavozimidan haydalgan sobiq prezident Yun Sok Yol isyon ko‘targani uchun fevralda umrbod qamoqqa hukm qilingan edi, bugun esa mamlakat maxsus prokuraturasi unga nisbatan o‘lim jazosi berilishini talab qildi.