O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Italiyaning Toshkentdagi sobiq elchisi korrupsiya ayblovi bilan qo‘lga olindi

Italiyaning Toshkentdagi sobiq elchisi korrupsiya ayblovi bilan qo‘lga olindi

Italiyaning Toshkentdagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi. U viza sotish va korrupsiyada ayblanmoqda. Sud uning qochib ketish xavfi bor deb hisobladi.

Italiya politsiyasi mamlakatning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Pergabriele Papadia de Bottinini hibsga oldi. Diplomatning ushlanishiga uning Toshkentdagi elchixonada Rossiya fuqarolari uchun noqonuniy viza savdosini yo‘lga qo‘ygani sabab bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, elchi o‘zining rossiyalik yordamchisi bilan birga har bir viza uchun 16 ming yevrogacha pora olgan.

Hibsga olish qarori diplomatning qochib ketish xavfi mavjudligi sababli qabul qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, u Rossiyaga chiqib ketish uchun viza rasmiylashtirish imkoniyatlarini izlagan. Elchixonada o‘tkazilgan taftish chog‘ida yuzlab soxta viza hujjatlari va elchining o‘z aybini tan olgan suhbat yozuvi topilgan. Shuningdek, 90 ga yaqin rossiyalik fuqaroning elchixonaga kelmasdan turib viza olgani tasdiqlangan.

Hozirda sobiq elchining 3 million yevrolik mulki xatlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Prokuratura, shuningdek, elchining yordamchisi hisobiga turistik firmalar tomonidan o‘tkazilgan shubhali mablag‘lar yuzasidan ham tergovni davom ettirmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish