O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Issiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldi

Issiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldi

Anomal Issiq va yuqori yuklama sababli Toshkent va Zangiotada 8,2 mingdan ziyod xonadon chiroqsiz qoldi. Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 2 soatlik cheklovlar, bog‘chalar yopilishi va metroda tezlik pasayishi kabi choralar amalda.

Havo haroratining keskin ko‘tarilishi va elektr tarmoqlariga tushgan yuklamaning ortishi oqibatida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida texnik nosozliklar yuzaga keldi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, soat 14:30 holatiga ko‘ra, ayrim elektr uzatish liniyalari va kichik stansiyalarda avariyaviy holatlar qayd etilgan. Buning natijasida poytaxtning Olmazor, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlari hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududlarida jami 8,2 mingdan ziyod iste’molchi vaqtincha elektr ta’minotidan uzilib qolgan. Hozirda avariya brigadalari nosozliklarni bartaraf etishmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu joriy haftada elektr iste’moli bo‘yicha ketma-ket uchinchi yozgi rekord (291 mln kVt/soat) yangilangani fonida yuz bergan ilk yirik avariya emas. Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi tizimni saqlab qolish uchun respublikaning qator hududlarida elektr energiyasini qisqa muddatga — 2 soatgacha o‘chirish tartibini joriy etgan edi.

Jazirama ob-havo tufayli mamlakat bo‘ylab boshqa qat’iy cheklovlar ham amalda bo‘lib turibdi. Xususan, anomal issiq sababli Toshkent viloyati va yana oltita hududda davlat va xususiy bog‘chalar faoliyati 20-iyulgacha vaqtincha to‘xtatilgan. Toshkent metrosining yer usti liniyalarida relslarning +55 °C dan yuqori qizib ketishi sababli poyezdlar tezligi 40 km/gacha pasaytirildi, bu esa kutish vaqtini 14 daqiqagacha uzaytirdi. Yo‘llarda asfalt buzilishini oldini olish uchun og‘ir yuk mashinalari harakati cheklangan, shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi soat 11:00 dan 16:00 gacha ochiq havodagi barcha ishlarni butunlay to‘xtatishni qat’iy tavsiya qilgan.