Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Ilon Mask insoniyat tarixidagi birinchi dollarli trillionerga aylandi

: Amerikalik milliarder Ilon Mask insoniyat tarixidagi birinchi dollarli trillionerga aylandi. SpaceX aksiyalarining birjadagi debyutidan so‘ng uning boyligi 1,1 trillion dollarga yetdi.

Birjadagi debyut davomida SpaceX 75 milliard dollar investitsiya jalb qila oldi ва kompaniyaning umumiy bozor qiymati 1,8 trillion dollarga baholandi. Bu natija orqali SpaceX dunyoning eng qimmat korporatsiyalari qatoriga kirdi va kapitallashuv bo‘yicha Maskning yana bir yirik aktivi — Tesla kompaniyasini ortda qoldirdi.

Birja savdolariga qadar Forbes jurnali Maskning boyligini qariyb 780 milliard dollarga baholayotgan edi. Endilikda uning boyligining asosiy qismi aynan kosmik korporatsiya hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — tadbirkorning SpaceX’dagi ulushi 866 milliard dollarni tashkil etmoqda. Tesla, X ijtimoiy tarmog‘i, xAI startapi va boshqa loyihalardagi ulushlari hisobga olinsa,

Maskning umumiy sarmoyasi 1,1 trillion dollardan oshdi. Investorlar Mask aktivlarining bunday yuqori baholanishini “Ilon mukofoti” (Elon premium) fenomeni bilan izohlamoqda, ya’ni aksiyadorlar uning yangi texnologik bozorlar yarata olish qobiliyatiga ishonib, kompaniyalari uchun ko‘proq pul tikishga tayyor.

SpaceX’ning fond bozoriga chiqishi ko‘p yillardan buyon maoshining bir qismini aksiya shaklida olib kelgan kompaniya xodimlarining ham keskin boyishiga olib keldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, SpaceX’ning qariyb 4400 nafar xodimi bir lahzada dollarli millionerga aylandi, 400 ga yaqin ishchi esa 100 million dollardan ortiq qiymatdagi aksiyalar paketiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda SpaceX nafaqat kosmik biznes, balki yirik texnologik guruhga aylangan bo‘lib, u sun’iy intellekt infratuzilmasidan ham katta daromad ko‘rmoqda: Google va Anthropic kabi gigantlarga hisoblash quvvatlarini xizmat ko‘rsatish orqali kompaniya oyiga 2,17 milliard dollargacha daromad olishi mumkin.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish