So‘nggi:
IV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyot

IV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildi

IV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildi

Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari matbuot anjumanida “Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan Ravshan Muhitdinovga nisbatan qidiruv javobgarlikka tortish muddati o‘tgani sababli bekor qilinganini ochiqladi.

Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoatchilik orasida “Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan Ravshan Muhitdinovga nisbatan e’lon qilingan xalqaro qidiruv nima sababdan bekor qilinganiga aniqlik kiritildi.

Aprel oyi o‘rtalarida Interpol 37 yoshli Ravshan Muhitdinovni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 173-moddasi 3-qismi (mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash), 242-moddasi 2-qismi (jinoiy uyushma tashkil etish) va 277-moddasi 3-qismi (bezorilik) bo‘yicha qidiruvga bergani ma’lum bo‘lgan edi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Dilmurod Mirsodiqovning so‘zlariga ko‘ra, “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan qidiruv 2021-yilgi holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida e’lon qilingan. Vaqt o‘tishi bilan qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi munosabati bilan jinoyat ishining unga taalluqli qismi tugatilgan va qidiruv olib tashlangan.

Dilmurod Mirsodiqovning qo‘shimcha qilishicha, tergov harakatlari davomida Muhitdinovga nisbatan boshqa arizalar ham kelib tushgan va shu sababli qidiruv harakatlari qayta jadallashtirilgan. Biroq barcha zaruriy tergov tadbirlari o‘tkazilib, uning boshqa ayblovlari o‘z tasdig‘ini topmaganidan so‘ng, qolgan qidiruv harakatlari ham butunlay bekor qilingan.

Ma’lumot uchun, Ravshan Muhitdinov 1988-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U taniqli tadbirkor G‘ofur Rahimovning jiyani ekani aytiladi. Muhitdinov tog‘asiga nisbatan tazyiqlar kuchaygan davrda og‘ir jinoyatlarda ayblanib, mamlakatni tark etgan edi.