O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

«Hududiy elektr tarmoqlari» tadbirkorlardan noqonuniy ravishda 5,5 mlrd so‘m undirgani aniqlandi

«Hududiy elektr tarmoqlari» tadbirkorlardan noqonuniy ravishda 5,5 mlrd so‘m undirgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Korxona qarzdorlik uzilgach, tadbirkorlarni elektr tarmog‘iga qayta ulash uchun noqonuniy ravishda haq olib kelgan.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va uning tarkibidagi korxonalarga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Bunga tadbirkorlik subyektlaridan asossiz ravishda to‘lovlar undirilgani sabab bo‘ldi.

Prezident farmoniga muvofiq, elektr energiyasidan qarzdorlik to‘liq uzilgandan so‘ng tadbirkorlik subyektlarini qayta ulash uchun qo‘shimcha to‘lovlar va jarimalar bekor qilingan edi. Davlat organlariga ushbu qoidani tegishli qonunosti hujjatlari qabul qilinishini kutmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash topshirilgan.

Biroq Biznes-ombudsman ma’lumotlari tahlil qilinganda, «HET» korxonalari 2025-yil 23-avgustdan 2026-yil fevral oyigacha bo‘lgan davrda tadbirkorlardan qayta ulash uchun to‘lov undirishda davom etgani aniqlandi.

Tekshiruvlar davomida jamg‘arilgan 965 ta shunday holat qayd etilib, asossiz olingan daromadning umumiy miqdori 5,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Hozirda Qo‘mita tomonidan holat yuzasidan huquqiy baho berish va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish