Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Google chorak asrlik an’anasidan voz kechib o‘z qidiruv tizimini tubdan o‘zgartirdi

Google chorak asrlik an’anasidan voz kechib o‘z qidiruv tizimini tubdan o‘zgartirdi

Google I/O 2026 konferensiyasida sun’iy intellekt asosidagi mutlaqo yangi qidiruv tizimi, aqlli qidiruv satri va brauzer yopilganda ham ishlaydigan maxsus agentlar taqdim etildi.

Taqdimotda yangi modellar, agentlik servislar, butunlay qayta ishlangan qidiruv tizimi, aqlli ko‘zoynaklar hamda onlayn xaridlar uchun maxsus uskunalar e’lon qilindi. Kompaniyaning bunday keskin qadamlar tashlashiga 2022 yilda ChatGPT loyihasining ishga tushishi va u keltirib chiqargan kuchli raqobat sabab bo‘ldi. Avvallari qidiruv tizimi oddiy havolalar to‘plami sifatida ishlagan bo‘lsa, endilikda foydalanuvchilar chat-botlar kabi darhol tayyor va to‘liq javob olishni afzal ko‘rmoqda. Google o‘z infratuzilmasini rivojlantirish uchun 2026 yilda 180 milliarddan 190 milliard dollargacha mablag‘ yo‘naltirishini ma’lum qildi.

Eng katta o‘zgarish qidiruv satrida yuz berdi, chunki u 2001 yildan buyon deyarli o‘zgarmasdan kelayotgan edi. Endilikda ushbu satr matn kiritilgan sari kengayib boradi, matndan tashqari fotosuratlar, fayllar va videolarni ham qabul qiladi hamda so‘rovga mos ravishda ma’nodosh variantlarni taklif etadi. Shuningdek, tizimda AI Mode va AI Overviews funksiyalari yagona interfeysga birlashtirildi, bu esa foydalanuvchiga har bir yangi savol uchun qaytadan sessiya ochmasdan, umumiy kontekstni saqlab qolgan holda muloqot qilish imkonini beradi. Yana bir muhim yangilik qidiruv agentlarining joriy etilishi bo‘lib, ular brauzer yopilgandan kiyin ham ko‘rsatilgan mavzu, masalan ko‘chmas mulk narxlari yoki yangiliklarni avtomatik ravishda kuzatib boradi. Murakkab ilmiy so‘rovlar uchun esa tizim matn o‘rniga real vaqt rejimida ishlaydigan interaktiv vizual simulyatorlarni yaratib bera boshlaydi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish