O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 17–18-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif dasturidan iqtisodiy bitimlar imzolanishi o‘rin olgan.

Nemis tomoni ushbu muloqotlarda iqtisodiy sheriklikni kengaytirish, o‘zaro sarmoya kiritish hamda o‘zbekistonlik mutaxassislarni Yevropa standartlari asosida o‘qitish masalalariga asosiy urg‘u berishni rejalashtirgan.

Tashrifning rasmiy qismi “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tadi, unga qadar oliy martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi. Muzokaralarning eng muhim amaliy natijasi sifatida Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari tomonidan O‘zbekistonda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan qator yangi shartnomalar imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, ikki davlat yetakchilari qarorgoh bog‘ida ramziy ma’noda do‘stlik daraxtini o‘tqazadilar.

Tashrif dasturining ikkinchi kuni madaniy va ijtimoiy yo‘nalishdagi tadbirlardan iborat bo‘ladi. GFR prezidenti dastlab Islom sivilizatsiyasi markazi eksponatlari bilan tanishadi. Shundan so‘ng, delegatsiya respublikadagi yirik nemis investorlaridan biri — “GP Günter Papenburg” korxonasiga yo‘l oladi. Ushbu obyektdа Frank-Valter Shtaynmayer nemis tili o‘qituvchilari, talabalar va tadbirkorlar bilan uchrashib, Germaniyaga xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini tashkil etish hamda kadrlar almashinuvi masalalarini muhokama qiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish