O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

G7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdi

G7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdi

«Katta yettilik» davlatlari Evian-le-Bendagi sammit yakunlariga ko‘ra Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga kelishib oldi.

Cheklovlar birinchi navbatda Rossiyaning neft-gaz sektoriga qaratiladi. Bu haqda 17-iyunga o‘tar kechasi e’lon qilingan G7 yakuniy bayonotida so‘z boradi.

Hujjatda qayd etilishicha, ishtirokchi davlatlar Rossiya harbiy iqtisodiyotiga bo‘lgan bosimni oshirish majburiyatini olgan va buning uchun yangi cheklovchi choralarni qo‘llashga sharoit yetarli deb hisoblaydi. Shuningdek, bayonotda AQSh va Eron o‘rtasida jahon neft va gaz savdosining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Ormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishilgani ham qayd etilgan.

Bundan tashqari, «yettilik» davlatlari Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi. Kievga havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketalar, uzoq masofali qurollar va boshqa harbiy texnikalar yetkazib berish davom ettiriladi. Hatto Ukraina hududining o‘zida mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish uchun litsenziyalar berish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. G7 mamlakatlari, shuningdek, Kievga qishki mavsum oldidan energetika infratuzilmasini tiklashda ham ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Ma’lumot uchun, «Katta yettilik» tarkibiga AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Kanada kiradi.