So‘nggi:
Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdiJamiyatO‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinJamiyat2027-yildan nasiyaga olinadigan tovarlar uchun 110 mln so‘mlik cheklov o‘rnatiladiJamiyatToshkentdagi Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish sxemasi o‘zgardiJamiyatAdvokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindiJamiyatShavkat Mirziyoyev bokschi Rufat Risqiyev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdiJamiyat5 ta OTMga kirolmaganlar uchun yangi imkoniyat: to‘lmay qolgan kvotalarga qabul qilinish mumkinJamiyat

«G‘ishtko‘prik» chegaralangan bojxona posti avgust oyida foydalanishga topshiriladi

«G‘ishtko‘prik» chegaralangan bojxona posti avgust oyida foydalanishga topshiriladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi qayta ta’mirlangan «G‘ishtko‘prik» («Gishkuprik») bojxona posti avgust oyida ochilishi rejalashtirilmoqda. Postning o‘tkazish quvvati kuniga 70 ming kishigacha oshadi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida joylashgan, qayta rekonstruksiya qilingan «G‘ishtko‘prik» («Jibek joli» / «Chernyayevka») bojxona posti joriy yilning avgust oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Obyektni modernizaciya qilish ishlari 2025-yilning may oyida boshlangan edi.

Rekonstruksiyadan so‘ng majmua maydoni ikki baravarga kengaytirildi. Agar ilgari nazorat-o‘tkazish punkti sutkasiga 30 ming nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, yangilangan majmua ochilgach, uning o‘tkazuvchanlik quvvati sutkasiga 70 ming kishigacha yetadi.

Bundan tashqari, obyekt ishga tushirilgach, punkt orqali har kuni 2 mingtagacha engil avtomobil va 200 ta avtobus o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Hududda transport oqimlarini ajratish uchun ikkita alohida bino barpo etildi. Bu chegarani kesib o‘tish tartib-taomillarini maqbullashtirish va punktni zamonaviy xalqaro standartlarga moslashtirish imkonini beradi. Natijada O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidan o‘tish vaqti sezilarli darajada qisqarishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu o‘tkazish punkti avvalgidek faqat yo‘lovchi va yengil transport yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatadi.