Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Fransiya prezidenti qarorgohida tintuv o‘tkazildi

Fransiya prezidenti qarorgohida tintuv o‘tkazildi

Fransiyada moliyaviy tergovchilar Panteondagi xotira marosimlari ishi yuzasidan Emmanuel Makronning Yelisey saroyida tintuv o‘tkazdi.

Xalqaro ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ushbu tadbirlar Panteonda o‘tkazilgan davlat xotira marosimlarini tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzishda yuzaga kelgan shubhali holatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida tashkil etilgan. Qayd etilishicha, bu galgi tergov harakatlari saroy ma’muriyati bilan oldindan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

Vaholanki, joriy yilning 14-aprel kuni tergovchilar birinchi marta ogohlantirishsiz kelganlarida, daxlsizlik to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy moddani ro‘kach qilib, ularni prezident ma’muriyati binolariga kiritishmagan edi.

O‘shanda milliy moliyaviy prokuratura hamda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari faqatgina Milliy yodgorliklar markazida, tegishli tadbirlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangan kompaniya idoralarida va gumonlanuvchilarning xonadonlarida tintuv o‘tkazish bilan cheklangan edilar.

Mahalliy nufuzli nashrlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Panteondagi marosimlarni 2002-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan 22 yil davomida faqat bitta kompaniya tashkil qilib kelgan va har bir tadbir davlat g‘aznasiga taxminan 2 million yevroga tushgan.

Hozirda moliya tergovchilari ushbu xususiy kompaniya Yelisey saroyi, Madaniyat vazirligi yoki davlat shartnomalarini tuzishga mas’ul bo‘lgan markaz tomonidan maxfiy tarzda qo‘llab-quvvatlanganmi yoki yo‘qmi degan savolga aniqlik kiritishga urinmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish