Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzodlar qirg‘iz tili bo‘yicha test topshirdiDunyoFarg‘onada guvohnomasiz BMW boshqargan haydovchi YTHda halok bo‘ldiJamiyatToshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirildiJamiyatQashqadaryoda suv tashqini oqibatida bir kishi halok bo‘ldiJamiyatToshkentda 1-noyabrdan issiq suv va isitish xizmati tariflarini 30 foizga oshirish taklif etildiJamiyatKuryerlik jo‘natmalari bojxona yig‘imi 20 foizga arzonlashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi hamda gaz va svetga imtiyozlar kengaytiriladiJamiyatToshkentda 62 ta turizm va sayr ko‘chalarini tashkil etish loyihalariga 22 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladiJamiyatToshkentda harbiy ro‘yxatda turmagan 17–18 yoshli yigitlarni qidirish boshlanadiJamiyatTermizda 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Cobalt ustunga urildi: bir o‘quvchi halok bo‘ldiJamiyat

Farg‘onada guvohnomasiz BMW boshqargan haydovchi YTHda halok bo‘ldi

Farg‘onada guvohnomasiz BMW boshqargan haydovchi YTHda halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan BMW haydovchisi yuqori tezlikda boshqaruvni yo‘qotib YTHga uchradi va halok bo‘ldi.

Yuqori tezlik va boshqaruvni yo‘qotish

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit BMW rusumli avtomobilni Beshariq tumanidan Qo‘qon shahri yo‘nalishida soatiga 100 kilometrdan yuqori tezlikda boshqargan.

Boshqa avtomobilni quvib o‘tishga urinish va burilishda tezlikni oshirish oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetidagi ustunga, beton to‘siqqa hamda daraxtga urilib, ag‘darilib ketgan. U urilish vaqtida mashinadan otilib ketgan va olgan jarohatlari sababli voqea joyida halok bo‘lgan.

Ogohlantirishlarga qaramay qayta qoidabuzarlik

Ma’lum bo‘lishicha, marhum yigit ilgari ham haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqargani uchun YHXX xodimlari tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan va unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.

Shunga qaramay, u yana ruxsatsiz rulga o‘tirib, ushbu fojiali YTHni keltirib chiqargan. Hodisa vaqtida salon ichida bo‘lgan yo‘lovchi esa yengil jarohat olgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish

Email chop etilmaydi. Ism majburiy.