Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Farg‘onada 41 nafar qizni yashirincha o‘qitgan noqonuniy hujra faoliyatiga chek qo‘yildi

Farg‘onada 41 nafar qizni yashirincha o‘qitgan noqonuniy hujra faoliyatiga chek qo‘yildi

Farg‘onada 39 yoshli ayol o‘z xonadonida noqonuniy hujra tashkil etib, 41 nafar voyaga yetmagan qizga diniy saboq bergani aniqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘ona viloyatida IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy diniy ta’lim berish holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Surishtiruvlar davomida «Durafshon» mahallasida yashovchi 39 yoshli ayol o‘z xonadonida yashirincha hujra tashkil etib, 41 nafar voyaga yetmagan qizga noqonuniy diniy saboq berib kelgani aniqlandi. Bolalar Qo‘qon shahri hamda Uchko‘prik, Yozyovon, Buvayda va Bag‘dod tumanlaridan keltirilgan bo‘lib, ta’lim olish jarayonida shu xonadonda yashagan. Ota-onalar har bir bola uchun oyiga 600 ming so‘mdan to‘lov qilgan.

Tashkil etilgan hujrada ta’lim olayotganlar orasida 5–6 yoshli jajji qizaloqlar ham bo‘lgan. Mashg‘ulotlarni olib borgan ayolning o‘zi esa oliy ma’lumotga hamda tegishli diniy ma’lumot berish huquqini tasdiqlovchi diplomga ega bo‘lmagan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-2-moddasi 2-qismi (Diniy ta’limotlardan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, barcha voyaga yetmagan qizlarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 3-qismiga (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish