Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Estoniyada ombudsman Ulle Madise mamlakat prezidenti etib saylandi

Estoniyada ombudsman Ulle Madise mamlakat prezidenti etib saylandi

Estoniya parlamenti inson huquqlari bo‘yicha vakil Ulle Madiseni mamlakat prezidenti etib sayladi. U bu lavozimni egallagan ikkinchi ayol bo‘ldi.

Estoniya parlamenti (Riigikogu) konstitutsiyaviy huquqshunos Ulle Madiseni mamlakatning navbatdagi prezidenti etib sayladi. 51 yoshli Madise Estoniya tarixida davlat rahbari lavozimini egallagan ikkinchi ayol bo‘ldi. U prezident sifatida besh yil davomida faoliyat yuritadi.

Madise parlamentdagi saylovda yagona nomzod bo‘lgan, chunki boshqa nomzodlar yetarlicha deputatlar qo‘llab-quvvatlovini ololmagan. U 2015-yildan buyon mamlakatda inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) lavozimida ishlab kelayotgan edi. Estoniyada prezidentlik lavozimi asosan ramziy vakolatlarga ega.

Mudofaa xarajatlari va iqtisodiy vaziyat

Aholisi 1,4 million kishini tashkil etuvchi Estoniya NATO va Yevropa Ittifoqida Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlayotgan hamda Moskva siyosatini keskin tanqid qilayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat 2026-yilda mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning (YIM) 5,4 foizi darajasida belgilagan.

Shu bilan birga, Estoniyada biznes va aholi o‘rtasida to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) holatlari tez o‘sayotgani kuzatilmoqda. To‘lovga qobiliyatsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mol-mulki bo‘lmagan har bir bankrot kompaniyaning to‘lanmagan qarzi o‘rtacha 400 ming yevroni tashkil etmoqda (uch yil avval bu ko‘rsatkich 100 ming yevrodan kam edi).

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish