Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Eron atrofidagi mojarolar 32 milliondan ortiq kishini qashshoqlikka mahkum etishi mumkin

Eron atrofidagi mojarolar 32 milliondan ortiq kishini qashshoqlikka mahkum etishi mumkin

Eron atrofidagi urush global energetika inqirozini keltirib chiqardi va 160 ta davlatda aholi turmush darajasiga zarba berdi. BMTTD qashshoqlikning oldini olish uchun 6 mlrd dollar subsidiyalar ajratishga chaqirmoqda.

BMTTD administratori Aleksander De Kroo AFP agentligiga bergan intervyusida Eron atrofidagi harbiy harakatlar dunyo barqarorligiga jiddiy zarba berganini ta’kidladi. Hozirda 32 million kishi qashshoqlik yoqasiga kelib qolish xavfi ostida turibdi. Inqirozning asosiy sababi sifatida energiya resurslari narxining keskin oshishi va oziq-ovqat yetkazib berish zanjirining buzilishi ko‘rsatilmoqda.

Inqiroz jug‘rofiyasi nafaqat Yaqin Sharqni, balki Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlarini hamda Osiyoning Bangladesh va Kambodja kabi davlatlarini qamrab oladi.

Ommaviy qashshoqlikning oldini olish uchun kamida 6 mlrd dollar ajratish zarur bo‘lib, ushbu mablag‘lar kam ta’minlangan oilalar uchun oziq-ovqat sotib olish va elektr energiyasi to‘lovlarini subsidiyalashga yo‘naltirilishi lozim.

Mutaxassislarning qayd etishicha, tezkor choralar ko‘rilmasa, energetika inqirozi rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun uzoq muddatli retsessiyaga aylanishi mumkin.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish