O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

O‘zbekistonda eng obod xonadon va mahalla egalari mol-mulk hamda yer solig‘idan ozod qilinadi

O‘zbekistonda eng obod xonadon va mahalla egalari mol-mulk hamda yer solig‘idan ozod qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda mahalla va xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha yangi tanlov e’lon qilindi. G‘oliblar yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Bu haqda prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. Yangi tartibga ko‘ra, tanlovda g‘olib deb topilgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarga mol-mulk solig‘i, xususiy hovli joylarga esa yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar (chegirmalar) taqdim etiladi.

Ushbu tizimli ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Bosh vazir rahbarligida Respublika shtabi, joylarda esa viloyat va tuman hokimlari boshchiligida hududiy shtablar tashkil etiladi. Davlat rahbari 2026-yil mamlakatda «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» deb e’lon qilinganini eslatib, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi birinchi navbatda mahallada va odamlarning kayfiyatida aks etishi lozimligini ta’kidladi.

Yaqinlashib kelayotgan Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida joylarda «Mahallada obodonlashtirish va mehr-shavqat oyligi» e’lon qilindi. Prezident ushbu tadbirlar bir oylik aksiya bo‘lib qolmasdan, yil davomida ishlaydigan doimiy harakatga aylanishi kerakligini ta’kidladi. Yil yakuni bo‘yicha mehnatni rag‘batlantirish maqsadida quyidagi nominatsiyalar joriy etiladi:

  • «Eng sarishta xonadon» (ko‘p qavatli uylarda);

  • «Eng obod hovli» (mahalladagi xususiy xonadonlar orasida);

  • «Eng obod ko‘cha» (hudud miqyosida);

  • «Eng namunali mahalla» (tuman va viloyat miqyosida).

Fuqarolar bilan bir qatorda, hududda namunali tizim yarata olgan «mahalla yettiligi» vakillari ham alohida rag‘batlantiriladi hamda ularning ish uslublari respublikaning boshqa hududlariga namuna sifatida ommalashtiriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish