Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Italiyaning Roma klubi Eldor Shomurodovni Istanbul Bashakshehirga to‘liq sotib yubordi

Italiyaning Roma klubi Eldor Shomurodovni Istanbul Bashakshehirga to‘liq sotib yubordi

 O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov endi rasman «Istanbul Bashakshehir» a’zosi. Turk klubi hujumchi uchun «Roma»ga jami 5,8 mln yevro to‘lab, uning transfer huquqini to‘liq o‘ziniki qildi.

Shartnomadagi majburiy sotib olish bandi jamoaning yuqori ligada qolishi bilan o‘z-o‘zidan kuchga kirdi. Bu esa o‘zbekistonlik forvardning ijaradagi muvaffaqiyatli yurishi doimiy hamkorlikka aylanganini anglatadi.

Iqtisodiy jihatdan ushbu bitim «Roma» uchun ham, turk klubi uchun ham maqbul yechim bo‘ldi. «Il Tempo» nashrining xabar berishicha, «Istanbul Bashakshehir» hujumchi uchun jami 5,8 mln yevro sarflagan. Ushbu summaning 3 millioni ijara xarajatlariga, qolgan 2,8 millioni esa transfer huquqini sotib olishga yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, Rim klubi futbolchining kelajakdagi keyingi sotuvidan ham 10 foizlik ulushga ega bo‘ladi. Klaudio Raneri tizimida muhim o‘rin egallagan Shomurodov Turkiyada haqiqiy gol mashinasiga aylandi.

Mavsum davomidagi samaradorlik ko‘rsatkichlari Shomurodovning nega bunday qimmatga baholanganini isbotlab turibdi. Turkiya Superligasining 30 ta o‘yinida u 18 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi va yana 4 ta golda sheriklariga assistentlik qildi.

Bunday sermahsullikdan so‘ng «Istanbul Bashakshehir» rahbariyati hujumchini jamoada saqlab qolish uchun ikkilanib o‘tirmadi. Endilikda Eldor Turkiya maydonlarida o‘z o‘yinini to‘laqonli asosda namoyish etishda davom etadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish