O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Dunyo korrupsiya reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston 124-o‘rinni egalladi

Transparency International ma’lumotlari asosida tayyorlangan korrupsiya reytingida O‘zbekiston 31 ball to‘pladi. Daniya dunyoda eng toza, Janubiy Sudan esa eng korrupsiyalashgan davlat deb topildi.

Mamlakat korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘z pozitsiyasini biroz yaxshilagan bo‘lsa-da, sohada hali ham jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda.

Tadqiqotda mamlakatlarga 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha ball berildi. Bunda 0 ball korrupsiya darajasi juda yuqori ekanini, 100 ball esa korrupsiyadan butunlay xoli ekanini anglatadi. Dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich 42 ballni tashkil etgan bo‘lsa, dunyo davlatlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i ushbu ko‘rsatkichdan pastroq ball to‘pladi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, sud tizimining mustaqil emasligi va demokratiyaning kuchsizligi global miqyosda korrupsiyaning kuchayishiga asosiy sabab bo‘lmoqda.

Mintaqa davlatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni Qozog‘iston qayd etgan bo‘lsa, eng yomon natija Turkmanistonda kuzatilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari reytingda quyidagicha joylashdi:

  • Qozog‘iston — 38 ball bilan 96-o‘rinda;

  • Qirg‘iziston — 26 ball bilan 142-o‘rinda;

  • Tojikiston — 19 ball bilan 166-o‘rinda;

  • Turkmaniston — 17 ball bilan 167-o‘rinda.

Dunyoning eng kam korrupsiyalashgan davlatlari ro‘yxatini yana Daniya (89 ball) boshqarib bormoqda. Keyingi yuqori o‘rinlarni Finlyandiya (88 ball), Singapur (84 ball), Yangi Zelandiya (81 ball), Norvegiya (81 ball) va Shvetsiya (80 ball) egalladi. Ro‘yxatning eng quyi qismidan uzoq yillardan beri harbiy mojarolar va ichki inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlar joy oldi, eng yomon ko‘rsatkichni esa Janubiy Sudan (9 ball, 181-o‘rin) qayd etdi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish