O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Dunyo bo‘ylab tarqalayotgan xavfli Hantavirus tufayli JSST favqulodda qidiruv e’lon qildi

Dunyo bo‘ylab tarqalayotgan xavfli Hantavirus tufayli JSST favqulodda qidiruv e’lon qildi

Dunyo bo‘ylab MV Hondius kemasidan tushgan yo‘lovchilar qidirilmoqda. Xavfli Hantavirus Yevropa va AQSHda aniqlandi, qurbonlar borligi aytilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) kema karantinga olinmasidan avval u yerni tark etgan yo‘lovchilarni butun dunyo bo‘ylab qidirishni boshladi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab sayyohlar Yevropa va AQSHga qaytib ulgurgan. Hozirda Shveysariya va Niderlandiyada ilk kasallanish holatlari qayd etildi, xususan, bemor yo‘lovchilar bilan bir samolyotda uchgan styuardessada ham infeksiya alomatlari aniqlandi.

Tibbiyot mutaxassislarining ogohlantirishicha, ushbu holatda gap hantavirusning eng xavfli turi — Andes virusi haqida ketmoqda. Mazkur shtammning o‘ziga xosligi shundaki, u odamdan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqish xususiyatiga ega.Kasallikning yashirin (inkubatsiya) davri ikki oygacha davom etishi mumkinligi sababli, infeksiya tarqalishini jilovlash qiyin kechmoqda. Hozirgacha uch kishi vafot etgani rasman tasdiqlangan bo‘lib, qurbonlar orasida niderlandiyalik er-xotin va germaniyalik sayyoh bor.

Kema ayni damda Kanar orollari tomon yo‘nalish olgan, biroq mahalliy hukumat virus tarqalishi xavfi sababli uni qabul qilishga keskin qarshilik ko‘rsatmoqda. Taxminlarga ko‘ra, birinchi kasallanganlar Argentinaning Ushuaia shahridagi ekskursiya vaqtida virusni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Hozirda AQSH, Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikada o‘nlab insonlar shifokorlar nazoratiga olingan bo‘lib, JSST global pandemiyaning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.