Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Dubay aeroportida o‘zbekistonliklar uchun doimiy daromadli ish o‘rinlari ajratildi

Dubay aeroportida o‘zbekistonliklar uchun doimiy daromadli ish o‘rinlari ajratildi

BAAning Dubay aeroportida xizmat ko‘rsatish sohasida 80 ta vakansiya ochildi. Ish beruvchi bepul turar joy, viza, aviachipta va oylik maoshni to‘liq kafolatlaydi.

Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik aviatsiyaviy xabi hisoblangan Dubay xalqaro aeroporti o‘zbekistonlik mutaxassislarni xizmat ko‘rsatish sohasiga taklif etmoqda. Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida VIP hamda biznes-zal yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish uchun 80 nafar erkak va ayol xodimlar saralab olinadi.

Mehnat shartnomasiga muvofiq, haftasiga olti kunlik ish tartibida mehnat qiladigan xodimlarga oylik ish haqi tariqasida 3500 BAA dirhami (taxminan 950 dollar) to‘lanadi.

Nomzodlar 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lishi, sohada kamida bir yillik amaliy tajribaga ega bo‘lishi hamda ingliz tilida erkin so‘zlasha olishi lozim.

Xorijga borib ishlash bilan bog‘liq asosiy va maishiy xarajatlar qabul qiluvchi kompaniya zimmasiga yuklatilgan. Jumladan, rasmiy ishchi viza va parvoz chiptalari ta’minlanadi, bundan tashqari, xodimlar bepul shinam turar joy, kunlik transport, ish paytidagi 3 mahal ovqat hamda tibbiy sug‘urta bilan to‘liq ta’minlanadi.

Ushbu taklif bo‘yicha tanlovda qatnashish va hujjat topshirish xorijdaish.uz rasmiy portali orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar BAA vakillari bilan yakuniy suhbatga chaqiriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish