So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Davlat xizmatlari tadbirkorlarga beriladi: byurokratiyaga qarshi keskin choralar

Davlat xizmatlari tadbirkorlarga beriladi: byurokratiyaga qarshi keskin choralar

O‘zbekistonda 10 ta davlat xizmati xususiy sektorga o‘tkaziladi. Xizmat ko‘rsatish muddati 6 kungacha qisqaradi va 550 ta xizmat onlayn bo‘ladi.

O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimi «nol byurokratiya» tamoyiliga o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rib chiqilgan yangi loyiha 783 ta xizmat turini tubdan isloh qilishni ko‘zda tutadi. Eng muhim yangiliklardan biri — 10 ta davlat xizmati endilikda xususiy sektor vakillari tomonidan ko‘rsatiladi. Bu qadam davlat idoralaridagi yuklamani kamaytirib, aholi uchun qulaylik yaratishi kutilmoqda.

Islohot doirasida 550 ta xizmat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu esa xizmat olish bosqichlarini ikki barobarga qisqartirish imkonini beradi. Fuqarolar endi idorama-idora chopishga majbur bo‘lmaydi — 80 ta xizmat proaktiv formatga o‘tadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu aholining yiliga 35 milliard so‘mlik transport xarajatlarini tejaydi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha muddati 13 kundan 6 kungacha tushiriladi.

Iqtisodiy samaradorlik ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda: ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash yiliga 1,5 milliard dollar foyda keltiradi. 2030-yilga borib byurokratiyaning qisqarishi iqtisodiyotni qo‘shimcha 13 milliard dollarga o‘stirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, 25 ta xizmat turi bo‘yicha to‘lovlar kamaytirilishi aholi hamyonida yiliga 851 milliard so‘m qolishini ta’minlaydi.