Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Darknet’da Qozog‘istonning 15 mln nafar fuqarosiga tegishli shaxsiy ma’lumotlar sotuvga qo‘yildi

Darknet’da Qozog‘istonning 15 mln nafar fuqarosiga tegishli shaxsiy ma’lumotlar sotuvga qo‘yildi

Darknet tarmog‘ida Qozog‘iston aholisining 75 foiziga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bazasi sotilmoqda. Xaker 2,7 Gb hajmdagi ma’lumotlar uchun 0,5 bitkoin so‘ramoqda va buzg‘unchilik eGov servisi orqali sodir etilganini da’vo qilmoqda.

Darknet maxfiy tarmog‘ida Qozog‘istonning 15 million nafar aholisiga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bazasi sotuvga chiqarildi. Bu mamlakat umumiy aholisining deyarli uchdan to‘rt qismini tashkil etadi, deb xabar bermoqda Ulysmedia.kz.

Noma’lum xaker shiddat bilan tarqalayotgan ushbu bazada 47 million satrdan iborat ma’lumotlar jamlanganini va fayl hajmi 2,7 Gigabaytni tashkil qilishini bildirgan. Sotuvchining ta’kidlashicha, fayllar orasida fuqarolarning pasport ma’lumotlari, telefon raqamlari, elektron pochtalari, parollari, ish joylari haqida ma’lumotlar va hattoki hujjatlarning skaner qilingan nusxalari bor.

Buzg‘unchi butun baza uchun 0,5 bitkoin (taxminan 32 ming dollar) so‘ramoqda. U ushbu ma’lumotlarni eGov davlat xizmatlari portalidagi zaiflik sababli qo‘lga kiritganini da’vo qilmoqda, biroq hozircha bu vijdonsiz da’vo rasman o‘z tasdig‘ini topmagan. Qozog‘iston Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi holatga aniqlik kiritishga kirishgan.

Eslatib o‘tamiz, bu qo‘shni mamlakatda sodir bo‘layotgan birinchi yirik sizdirish emas: 2025-yilning yozida ham 16,3 million dona shaxsiy ma’lumotlar ochiq tarmoqqa chiqib ketgan edi. O‘shanda rasmiylar bu holat to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimni buzib kirish emas, balki qonuniy akkauntlarning parollari o‘g‘irlanishi yoki uchinchi shaxslarga berilishi oqibatida yuz berganini bildirishgan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish