O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Chirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdi

Chirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdi

Chirchiq shahrida 73 yoshida Natalya Salimonova vafot etdi. O‘limidan oldin u IIB boshlig‘iga tushuntirish xati yozib, mahalla raisi va uchastka inspektori tomonidan mushuklarni boqqani uchun tazyiqqa uchraganini bildirgan.

Murojaat matniga ko‘ra, mahalla raisasi va hududiy profilaktika inspektori (uchastka noziri) keksayib qolgan ayolga uydan olisroq joyda bo‘lsa ham, uysiz mushuklarga suv va yem berishni qat’iy taqiqlab qo‘ygan.

Natalya Salimonovaning ta’kidlashicha, ushbu taqiqdan so‘ng qo‘shni uyda yashovchi fuqarolar uni rasmga olish va kuzatishni boshlagan, oqibatda u bir necha kunlab o‘z xonadonidan tashqariga chiqa olmagan.

Natalya Salimonovaning Chirchiq shahar IIB boshlig‘i nomiga yozgan tushuntirish xatidan:

«Men keksa ayolman, endi yer haqida emas, osmon haqida o‘ylayapman. Uysiz mushuklarga juda achinaman va ularni qanday xafa qilishayotganini ko‘raman: tepishadi, tosh otishadi, ularni himoya qiladigan hech kim yo‘q. Men ularga rahm qilganimdan pensiya pulimdan yem berib yurardim. Ammo 21-sonli mahalla raisasi uchastka noziri bilan kelib, uydan uzoqda bo‘lsa-da: “Suv ham, yem ham bermaysiz”, deb vaqronalik bilan taqiqlab ketishdi. Shundan so‘ng meni kuzatish boshlandi. 7a-uyda yashovchilar ko‘cha mushugiga yem berib qo‘ymayapmanmi deb, telefon bilan orqamdan yugurib rasmga olishga urinishdi. Kuzatuvlar sabab bir necha kunlab kvartiramdan chiqa olmay o‘tirdim. Mushuklar ham qolmadi, hammasi qochib ketdi».

Keksa ayolning vafoti haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlar va hayvonlarni muhofaza qilish tashkilotlari vakillari orasida keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Hozircha mahalla va huquq-tartibot idoralari vakillarining ushbu harakatlari yuzasidan rasmiy munosabat berilgani yo‘q.