Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Chinorkent hududida Alpine Coaster attraksioni ishga tushirildi: narxlar ma’lum qilindi

Chinorkent hududida Alpine Coaster attraksioni ishga tushirildi: narxlar ma’lum qilindi

Toshkent viloyatidagi Chinorkent har faslli kurortida alp chanasi — Alpine Coaster attraksioni ish boshladi. Bir kishilik va ikki kishilik chiptalar narxlari e’lon qilindi.

Toshkent viloyatining so‘lim tog‘li hududida joylashgan Chinorkent har faslli kurort zonasida uzoq kutilgan Alpine Coaster (Rodelbahn) alp chanasi attraksioni rasman o o‘z faoliyatini boshladi. Majmua ma’muriyati tashrif buyuruvchilar uchun yakka va juftlikda uchish bo‘yicha amaldagi chipta narxlarini e’lon qildi.

Ilgariroq Chinorkent loyihachilari obyektni biroz vaqliroq foydalanishga topshirishni rejalashtirgan edi, biroq texnik sozlash ishlari sababli ochilish sanasi surilgan edi. Hozirda barcha zaruriy texnik va tashkiliy tayyorgarlik ishlari to‘liq yakunlanib, attraksion poytaxt aholisi hamda mehmonlari uchun xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Tog‘ bag‘rida maxsus relslar orqali proyektlashtirilgan trayektoriya mehmonlarga botiq va shiddatli burilishlarda yuqori tezlikda uchish hamda purviqor manzaralardan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Harakatlanish maxsus boshqariladigan shatllarda amalga oshirilib, bir kishi yoki ikki kishi birgalikda uchishi mumkin.

Kurort ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan amaldagi narxlar tariflari quyidagicha belgilangan:

Ish kunlaridagi narxlar (dushanba – juma):

  • Soat 11:00 gacha: 1 kishi uchun — 90 000 so‘m / bir chanalarda 2 kishi uchun — 120 000 so‘m;

  • Soat 11:00 dan keyin: 1 kishi uchun — 120 000 so‘m / 2 kishi uchun — 170 000 so‘m.

Dam olish kunlaridagi narxlar (shanba – yakshanba):

  • Kun davomida: 1 kishi uchun — 140 000 so‘m / 2 kishi uchun — 200 000 so‘m.

Yangi ko‘ngilochar obyekt dam olish kunlari va ish kunlarida kurortning umumiy jadvaliga muvofiq shtat rejimida tashrif buyuruvchilarni qabul qilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish