Ijtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyat

Chexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Chexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Chexiya sharqidagi 22-harbiy bazada UH-1Y Venom rusumli harbiy vertolyot qulab tushdi. Bortida besh kishi bo‘lgan aviatsiya halokatida bir harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.

Chexiya sharqida joylashgan Visochina viloyatidagi Namest-nad-Oslavou shahrida joylashgan 22-vertolyot bazasida og‘ir aviatsiya halokati yuz berdi. 23-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 atrofida Chexiya qurolli kuchlariga tegishli bo‘lgan UH-1Y Venom rusumli harbiy vertolyot mashg‘ulotlar vaqtida qulab tushgan.

Chexiya armiyasi bergan rasmiy bayonotga ko‘ra, havo kemasi bortida jami besh nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv va tibbiy xizmat brigadalari jalb etildi. Yihlava shahri hamda qo‘shni Olomous viloyatidan hodisa joyiga maxsus qutqaruv vertolyotlari va tez yordam guruhlari yetib borgan.

Tez yordam xizmati vakili Petr Yanachek bergan ma’lumotlarga ko‘ra, halokat oqibatida bortdagi harbiylardan bir nafari olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Hozirda harbiy bazada surishtiruv va halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish