Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Bishkekda 187 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot shassisi sinishi oqibatida favqulodda qo‘ndi

Bishkekda 187 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot shassisi sinishi oqibatida favqulodda qo‘ndi

TezJet aviakompaniyasining yo‘lovchi tashuvchi samolyoti shassisi nosozligi sabab “Manas” aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Kerosin to‘kilishi ortidan aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Joriy yilning 7-iyul kuni Bishkekning “Manas” xalqaro aeroportida yo‘lovchi tashuvchi havo kemasi ishtirokida favqulodda holat qayd etildi. TezJet aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan, bortida 187 kishi (181 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi) bo‘lgan samolyot orqa shassisining sinishi oqibatida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga noqulay va keskin tarzda kelib qo‘ngan. Hodisa oqibatida bir nechta yo‘lovchilar yengil shilinish, tirnalish va turli darajadagi mayda jarohatlar olishgan, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ushbu aviatsiya hodisasi ortidan poytaxt aeroportida reyslar harakati butkul to‘xtab qoldi. Qo‘nish chog‘ida aviahalokat sababli yo‘lakka katta miqdorda aviakerosin yoqilg‘isi to‘kilib ketgan. Hozirda fojia joyida yong‘in xavfsizligi xizmatlari ish olib bormoqda. “Qirg‘iziston aeroportlari” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Manas” aeroporti soat 22:00 gacha to‘liq yopildi va buning oqibatida 14 ta aviareys kechiktirildi. Aviakompaniya vakillari to‘kilgan kerosin izlari tozalanmaguncha va samolyot yo‘lakdan evakuatsiya qilinmaguncha boshqa laynerlarni qabul qilish imkonsizligini ma’lum qildi. Aeroport rahbariyati hodisa sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish