O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Belarusdagi o‘zbek migrantlari sharoit va maoshdan shikoyat qildi

Belarusdagi o‘zbek migrantlari sharoit va maoshdan shikoyat qildi

Tashkillashtirilgan dastur doirasida Belarusga yuborilgan yurtdoshlarimiz Andijon viloyati hokimiga videomurojaat yo‘lladi. Ular va’da qilingan sharoitlar yolg‘on bo‘lib chiqqanini aytib, vatanga qaytarishni so‘rashmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida uyushgan holda ishga jalb etish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi. Ushbu loyiha doirasida Andijon viloyatidan 255 nafar ishchi Belarusning Vitebsk viloyatiga yuborilgan. Migratsiya agentligi ularga rasmiy ish, munosib ish haqi va qulay yashash sharoitlarini va’da qilgan bo‘lib, nomzodlarni saralash uchun Andijonda maxsus shtab ham tashkil etilgandi.

Biroq Belarusga yetib borgach, ishchilar sharoitlar va’da qilinganidan ancha yomon ekanini ko‘rishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, turar joylar ta’mirtalab, xonalar eskirgan, berilgan idish-tovoqlar ham yaroqsiz ahvolda. Buning ustiga, ularga maksimal oylik maosh 500 dollardan oshmasligi, yashash, ovqatlanish va boshqa maishiy xarajatlar esa ushbu puldan qoplanishi aytilgan.

«Bizga 500 dollardan ortiq to‘lay olmasliklarini, agar ma’qul kelmasa, ketishimiz mumkinligini aytishdi. Bunday pulga ishlashdan bosh tortdik. Agar 200 dollarga yaqini yashash va ovqatlanishga, yana 100 dollari ro‘zg‘orga ketsa, qo‘limizda atigi 200 dollar qoladi. Bu pul uchun bu yerda qolish niyatimiz yo‘q. Bizni O‘zbekistonga qaytarib yuboringlar — u yerda bundan ko‘p pul topamiz».

Hozircha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa mas’ul organlar ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish