Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Belarus xavfsizlik kengashi o‘z fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka chaqirdi

Belarus xavfsizlik kengashi o‘z fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka chaqirdi

Belarus rasmiylari mamlakat fuqarolariga Rossiyaga, ayniqsa u yerning chegara hududlariga borishni vaqtincha to‘xtatishni tavsiya qildi. Bryansk viloyatida belaruslik sayyohlar bo‘lgan avtobusga dron hujum qilgani ushbu qarorga sabab bo‘ldi.

Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich mamlakat fuqarolariga murojaat qilib, Rossiya hududiga, xususan, urush harakatlari ketayotgan hududlarga yaqin chegara viloyatlariga sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishni qat’iy tavsiya qildi. Rasmiy tushuntirishda aytilishicha, Belarus hukumati chegaralarni yopmagan va yakuniy qaror har bir fuqaroning o‘ziga bog‘liq, biroq hozirgi vaziyatda Rossiyaning qator hududlarida xavfsizlikka hech kim kafolat bera olmaydi.

Ushbu shoshilinch bayonot Rossiyaning Bryansk viloyatida belaruslik sayyohlar o‘tirgan yo‘lovchi avtobusiga dron borib urilishi ortidan yangradi. Ma’lum qilinishicha, avtobusdagi yo‘lovchilar Qora dengiz bo‘yidagi Anapa shahriga hordiq chiqarish uchun ketayotgan bo‘lgan. Aleksandr Volfovich mazkur harbiy amaliyotlar hamda nizolar to‘liq to‘xtatilmaguncha, Rossiyaning chegara hududlarida har kuni dronlar qulashi va bunday ko‘ngilsiz hodisalar takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Fuqarolarni Rossiyaga bormaslikka chaqirish borasida Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovshaya ham amaldagi hukumat bilan bir xil pozitsiyani egalladi.

Avtobusga qilingan hujum yuzasidan tomonlarning rasmiy bayonotlari o‘zaro farq qilmoqda:

  • Rossiya da’vosi: Rossiyaning Belarusdagi elchisi Boris Grizlov Ukraina ushbu avtobusga ataylab hujum uyushtirganini ta’kidlamoqda;

  • Belarus rasmiylari: Belarus davlat telekanallari dastlab dron yo‘lga tasodifan qulaganini aytdi, biroq keyinchalik bu iqtibos tahrir qilindi;

  • Ukraina munosabati: Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi yo‘lovchi avtobusiga zarba berilgani haqidagi xabarlarni rad etib, buni Moskvaning navbatdagi “provokatsiyasi” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, bu oxirgi bir oy ichida Bryansk viloyatida belarusliklar moshinasiga yoki avtobusiga dron urilishi bilan bog‘liq ikkinchi holatdir. 17-iyun kuni ham ushbu viloyatda Belarusning Rechitsa shahridagi sport maktabining 28 nafar tarbiyalanuvchisi bo‘lgan avtobus hujumga uchragan edi. O‘shanda guruhga hamrohlik qilgan bir ayol halok bo‘lgan, olti kishi jarohatlangan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish