So‘nggi:
IV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyot

BAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandi

BAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandi

BAA ijtimoiy tarmoqlarda yosh bo‘yicha keskin cheklov joriy etgan birinchi arab davlati bo‘ldi. Qonunni buzgan platformalarga bolalar ma’lumotlaridan reklama maqsadida foydalanish ham man etildi.

Birlashgan Arab Amirliklarida yosh avlodning raqamli xavfsizligini ta’minlash borasida keskin va tarixiy qaror qabul qilindi. Hukumat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha yangi rezolyutsiyani tasdiqladi va bunday cheklovni joriy etgan yaqin sharqdagi birinchi arab davlatiga aylandi, deb xabar bermoqda Reuters. Yangi tartibga ko‘ra, 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi va ularda shaxsiy sahifalar ochishi butunlay man etiladi. Hatto ota-onalarning ruxsati ham ushbu qoidadan mustasno bo‘la olmaydi.

Hukumat matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqlarda post joylashtira olmaydi, izoh qoldira olmaydi, kontent ulasha olmaydi va ommaviy guruhlarga qo‘shila olmaydi. 15 va 16 yoshli o‘smirlarga esa tarmoqlardan foydalanishga cheklangan miqdorda, faqat qo‘shimcha xavfsizlik choralari ostida ruxsat beriladi. Ularning akkauntlariga kontentni yoshga qarab filtrlash, begona shaxslar bilan muloqotni taqiqlash, ekranga tikilish vaqtini boshqarish hamda ota-ona nazorati tizimini majburiy o‘rnatish talablari qo‘yiladi. Hukumat ushbu choralarni bolalarning nomaqbul kontentga duch kelishi, onlayn muloqotlardagi xavflar, raqamli qaramlik va shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishining oldini olish bilan izohladi.

BAAda faoliyat yurituvchi barcha ijtimoiy tarmoq platformalariga ushbu yangi standartlarni joriy etish uchun 12 oy muddat berildi. Endilikda ro‘yxatdan o‘tishda shunchaki yoshni qo‘lda yozib qo‘yish tizimi o‘z kuchini yo‘qotadi. Kompaniyalar foydalanuvchining yoshini aniqlash uchun raqamli identifikatsiya va sun’iy intellektga asoslangan biometrik vositalardan foydalanishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, platformalar 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar ochgan akkauntlarni o‘chirishi, tizimni chetlab o‘tishga boʻlgan urinishlarning oldini olishi hamda maqsadli reklama yoki foydalanuvchi profilini yaratish uchun bolalar ma’lumotlaridan foydalanmasligi shart etib belgilandi.