Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Arsenal 20 yillik tanaffusdan so‘ng yana Chempionlar ligasi finalida o‘ynaydi

Arsenal 20 yillik tanaffusdan so‘ng yana Chempionlar ligasi finalida o‘ynaydi

«Arsenal» Bukayo Sakaning goli evaziga «Atletiko»ni mag‘lub etdi va 20 yildan so‘ng yana YeChL finaliga chiqdi. Londonliklar endi «Bavariya» yoki «PSJ» bilan o‘ynashini kutmoqda.

Londonning «Arsenal» klubi «Atletiko Madrid» ustidan g‘alaba qozonib YeChL 2025/2026-yilgi mavsumining ilk finalchisi bo‘ldi. «Emireyts» stadionida o‘tgan murosasiz bahs taqdirini yagona gol hal qildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Bukayo Saka raqib darvozabonining xatosidan unumli foydalanib to‘pni darvoza to‘riga joyladi. Yan Oblak birinchi zarbani qaytargan bo‘lsa-da «to‘pchilar» hujumchisi qaytgan to‘pga hammaning oldin yetib keldi va jamoasini g‘alabaga boshladi.

Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra Mikel Arteta shogirdlari 2-1 hisobida ustun kelishdi. Ta’kidlash joizki londonliklar nufuzli musobaqaning final bosqichini roppa-rosa yigirma yil kutishdi. So‘nggi bor jamoa 2006-yili «Barselona»ga qarshi bahsda bosh sovrin uchun kurashgan edi. Bugun tunda bo‘lib o‘tadigan «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi hal qiluvchi o‘yinda «Arsenal»ga kim raqiblik qilishini ko‘rsatib beradi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 00-00 da start oladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish