Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

AQShda yuz minglab ajnabiylarning vizalari bekor qilindi

AQShda yuz minglab ajnabiylarning vizalari bekor qilindi

Donald Tramp boshchiligidagi AQSh ma’muriyati 175 mingdan ziyod chet el fuqarosining vizasini bekor qildi. Davlat departamenti huquqbuzarlik, firibgarlik va xavfsizlikka tahdid sababli ushbu qadam tashlanganini bildirdi.

Vashingtonda muhojirlar hamda xorijiy tashrif buyuruvchilarga nisbatan immigratsiya siyosati keskinlashmoqda. Donald Tramp davlat tepasiga qaytgach, Oq uy ma’muriyati 175 bin nafardan ortiq ajnabiyning vizasini kuchsizlantirib, bekor qildi. Bu haqda Reuters agentligi AQSh Davlat departamenti bergan ma’lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.

Tashqi siyosat mahkamasi ushbu jiddiy chorani viza tartiblarini buzgan, jinoyatga qo‘l urgan, amerikaliklarga nisbatan tajovuzkor chaqiriqlar qilgan, moliyaviy firibgarlik yo‘lini tutgan hamda milliy xavfsizlikka xavf tug‘dirgan shaxslarga nisbatan qo‘llagan. Sanktsiyalar ostiga tushganlarning aksariyati ichki ishlar va tartib-intizom organlari aralashuvidan so‘ng vizasidan mahrum bo‘lgan. Bunga spirtli ichimlik ta’sirida rulga o‘tirish, birovning mulkini o‘zlashtirish, bosqinchilik va giyohvand moddalar muomalasi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, og‘ir jinoyatlar, odam savdosi, bolalar zo‘ravonligi aks etgan materiallarni saqlash va «tug‘ruq turizmi» maqsadi bilan mamlakatga kelgan 100 dan ziyod ota-onalarning hujjatlari bekor qilingan. Hatto jamoat arbobi Charli Kirkning o‘limiga nisbatan tarmoqlarda salbiy va masxarali izohlar qoldirgan ayrim ajnabiylarning ham vizalari nollashtirilgan.

Ushbu qadamlar Oq uyning umumiy immigratsiya cheklovlari doirasida amalga oshirilmoqda. Tramp ma’muriyati arizachilarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi hamda moliyaviy manbalarini tekshirishni kuchaytirdi. Shuningdek, 50 ta davlat fuqarolari uchun AQShga kirishda 20 ming dollargacha bo‘lgan garov summasi talabi joriy etildi. Markaziy Osiyo mintaqasidan ushbu ro‘yxatga Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston kiritilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston fuqarolari hozircha bu cheklovga tushmagan.