So‘nggi:
O‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyat

AQSHda o‘lik deb topilgan 18 oylik bola 5 soatdan keyin morgda tirik ekani aniqlandi

AQSHda o‘lik deb topilgan 18 oylik bola 5 soatdan keyin morgda tirik ekani aniqlandi

Arizonada shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan va hovuzga tushib ketgan 18 oylik go‘dak 5 soatdan keyin morgda tirik holda nafas olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shifokor va ota-onaga chora ko‘rilmoqda.

AQSHning Gilbert shahrida (Arizon shtati) shifoxona shifokorlari tomonidan rasman o‘lik deb e’lon qilingan 18 oylik go‘dak oradan besh soat o‘tib, o‘likxonada (morgda) tirik ekani aniqlandi. Bu haqda Gilbert shahri politsiyasi hisobotiga tayanib, BBC nashri xabar berdi.

Voqea 8-fevral kuni, bolaning oilasi NFL Super Bowl final uchrashuvini tomosha qilish uchun yig‘ilgan paytda sodir bo‘lgan. Nazoratsiz qolgan bola uy hovlisidagi hovuzga tushib ketgan va yaqinlari uni suvda yuzi qaratilgan holda topishgan. Voqea joyiga soat 17:30 larda yetib kelgan qutqaruvchilar bolaga birlamchi yordam ko‘rsatib, uni Mercy Gilbert tibbiyot markaziga olib borishgan. Biroq soat 18:20 da shifoxona shifokori Aryan Tusi bolani vafot etgan deb e’lon qilgan. Politsiya ofitserlari shifokorga bolada hali ham hayot alomatlarini ko‘rishayotganini aytishganda, u: “Iltimos, o‘z ishingizni qiling va menga o‘z ishimni qilishga ruxsat bering. Men tibbiyot maktabiga bekorga bormaganman”, deya qo‘pol javob qaytargan.

Oradan 5 soat o‘tgach, Marikopa okrugi sud-tibbiyot ekspertizasi idorasi xodimi tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun shifoxona morgiga kelganida, bolaning hali ham nafas olayotganini aniqlagan. Shundan so‘ng go‘dak zudlik bilan vertolyotda boshqa ixtisoslashgan shifoxonaga olib ketilgan va u yerda shifokorlar yordamida to‘liq sog‘aytirilib, uyiga javob berilgan.

Politsiya tergov natijalariga ko‘ra, ota-onaga nisbatan bolaning hayotini xavfga qo‘yish va ehtiyotsizlik aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atishni tavsiya qildi. Detektivlar voqea sodir bo‘lgan kuni uyda kuchli marixuana hidi bo‘lganini va kattalar aynan shu sababli hushyorlikni yo‘qotib, bolani nazoratsiz qoldirganini aniqlashgan. Marikopa okrugi prokuraturasi hozirda ota-onaga va mas’uliyatsiz shifokorga nisbatan rasmiy ittihom e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.