Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

AQSHda kuzatilayotgan g‘ayritabiiy issiq havo oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

AQSHda anomal issiq tufayli kamida 25 kishi hayotdan ko‘z yumdi, eng ko‘p o‘lim Nyu-Jersi shtatida qayd etildi. Sinoptiklar 156 million aholini xavfdan ogohlantirmoqda, dunyo okeani harorati esa rekord darajaga yetdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jazirama havo tufayli mamlakatda kamida 25 kishi vafot etdi. Eng mudhish ko‘rsatkich Nyu-Jersi shtatida qayd etilib, bu yerda asosan 30 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan 22 nafar fuqaro issiq qurboniga aylandi.

Shuningdek, Illinoys, Missisipi va Massachusets shtatlarida ham odamlarning issiq urishidan vafot etgani tasdiqlandi. Sog‘liqni saqlash rasmiylarining ma’lum qilishicha, qurbonlarning aksariyati konditsioneri bo‘lmagan uylardan, ko‘chalardan va hatto oftobda qolib ketgan to‘xtab turgan mashinalar ichidan o‘lik holda topilgan. AQSH Milliy meteorologiya xizmati mamlakat sharqida yashovchi 156 millionga yaqin aholi uchun favqulodda ogohlantirish e’lon qildi. Yaqin kunlarda havo harorati 38 darajagacha ko‘tarilishi, yuqori namlik sababli esa u inson tanasiga 46 darajadek ta’sir qilishi kutilmoqda.

Global iqlim isishi nafaqat AQSH, balki Yevropada ham jiddiy talofatlar keltirmoqda — iyun oyida anomal issiq sababli Fransiya, Niderlandiya va Belgiyada kamida 3700 kishi vafot etgan. Shu bilan birga, xavfli harorat faqat quruqlikda emas, balki dunyo okeanida ham kuzatilmoqda. Iyun oyida dunyo okeani yuzasining o‘rtacha harorati tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich — 21 darajaga yetdi va avvalgi rekordlarni yangiladi.

Mutaxassislar Tinch okeanining tropik zonalari, Chili, Kaliforniya va G‘arbiy Yevropa qirg‘oqlarida suv harorati keskin isib ketganini qayd etishgan bo‘lib, bu ekologik muvozanatga jiddiy tahdid solmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish